Microsoft kompaniyasi ZCryptor - yangi tovlamaçi ilova paydo bölgani töğrisida ogohlantirdi. Xavfni MalwareForMe blogi muallifi foş qildi. 

Tadqiqotçining ma'lum qilişiça, ZCryptor tovlamaçi ilovasi Adobe Flash niqobi ostidagi soxta installyatorlar yordamida, şu bilan birga Office fayllaridagi makroslar orqali tarqatiladi. Tovlamaçi kompyuterga tuşganidan söng u reyestrga kalit qöşadi va keyin ularning nomlarilarga .zcrypt kengaytmasini qöşib, fayllarni şifrlaşni boşlaydi. Microsoft 88 turdagi faylning şifrlangani haqida xabar qildi.

Bundan taşqari, Microsoft vakillari tovlamaçi uçun xos bölmagan hamda avval uçramagan noodatiy harakatni qayd qilişmoqda. ZCryptor özini yaqin maqsadlariga köçma va tarmoq disklari orqali tarqalişi mumkin bölgan "çuvalçang" kabi tutmoqda. ZCryptor yaratuvçilari tovlamaçining kodini muntazam almaştirib, yangi imkoniyatlar qöşişmoqda.