Toşkentda 27 may kuni namoyiş qilingan yangi Chevrolet Nexia avtomobilining preyskuranti ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. T250 platformasi bazasida bunyod etilgan V sinfiga mansub ixçam sedan Özbekistonda 1996 yildan buyon sotib kelinayotgan (2008 yilda yangilangan Nexia 2 çiqarildi) Nexia örnini egallaydi.
Yangi model MDH davlatlaridan taşqari, Yaqin Şarq va Afrika mamlakatlariga eksport qilinadi.
Uning ulgurji bahosi 35,8 million sömdan boşlanadi, yarim lyuks - 38,7 million söm, lyuks - 44,1 million söm.
Avtomobilning çakana bahosi 47,7 million söm bölib, yarim lyuks - 51,4 million söm, lyuks - 58,6 million söm.

GM Uzbekistan hozirça yangi avtomobilning narxini rasman e'lon qilmagan.







