Buyuk Britaniyaning Bentley avtomobil işlab çiqaruvçisi yangi Continental GT Speed avtomobillar qatorini taqdim etdi. Taqdimot Nyu-Yorkda bölib ötdi. Bu haqida kompaniyaning matbuot relizida ma'lum qilingan. 

Uşbu avtomobillar qatoriga törtta yangilangan versiyalar kiritildi: GT Speed, GT Speed Convertible, GT Speed Black Edition va GT Speed Convertible Black Edition. Bu seriya avtomobillari soatiga 331 kilometrgaça tezlikda harakatlana oladi. Yangi GT Speed 6 litr hajmga ega W12 dvigateli bilan boyitilgan bölib, uning kuçi 642 ot kuçiga teng. "Yuzga" bosiş uçun maşinaga atigi 4 soniya kerak böladi. 

GT Speed Black Edition spetsifikatsiyasi kupe uçun ham, kabriolet uçun ham töğri keladi. Modellarga Bentley'ning Rossiyadagi dilerlik markazlaridan buyurtma beriş mumkin.

Bentley maşinasi bor kişilarga firma maxsus Service Clinic xizmatini körsatadi. Bu dastur öziga köplab parametrlarni mujassam qilgan: vizual tekşiruvdan tortib barça tizimlarning elektron diagnostikasigaça. Tekşiruv kompaniyaning Kryu (Buyuk Britaniya)dagi  zavodining yuqori toifali muhandisi tomonidan amalga oşiriladi.