Ispaniyada sayyohlar oqimidan ğazablangan Palma-de-Malorka kurort şahri aholisi hordiq çiqarayotgan xorijliklarga ularning şahridan uzoqroq yurişni talab qilişgan. Ispaniyaliklar binolar devorlarida ham şu yösindagi çaqiriqlarni yozib qolidirşmoqda, deb xabar beradi Euronews.

Binolardan birida "Xorijlik sayyohlar, yöqoling!" degan yozuvni öqiş mumkin. Bir uyning devoridagi "Qoçoqlar, xuş kelibsiz!" deb yozilgan.

Telekanalning ma'lum qilişiça, mahalliy aholi örtasida sayyohlik oqimidan norozilik alomatlari ösib bormoqda. Malorka orolidagi Magaluf kurortida spirtli içimliklarni içib, şovqin kötarayotgan xorijiy mehmonlar allaqaçon mahalliy xalqning "boş oğriği"ga aylangan. Balear orollari tarkibiga kiruvçi Ibitsa orolida sayyohlar köpligidan içimlik suvi muammosi kelib çiqmoqda, Menorkada esa sayyohlar "bum"i atrof-muhitning ifloslanişiga sabab bölmoqda.

Xuddi şunday norozilik namoyişlari 2014 yilda Barselonada kuzatilgan. U paytda bu ispan şahri aholisi özlarini nomuvofiq tutuvçi dam oluvçilarga qarşi çiqişgan. 

Sayyohlik sohasi Ispaniyaga 12 foiz daromad keltiradi. Balear orollarida mehnatga layoqatli aholining uçdan bir qismi sayyohlik sohasida band qilingan, mintaqa byudjyetining deyarli yarmi şu sanoat sohasiga töğri keladi. 

Balear orollari - dunyodagi eng yirik sayyohlik markazlaridan biri. Bu mintaqadagi sohillar hamda köplab köngiloçar muassasalar butun dunyo sayyohlarini öziga jalb qiladi.