Stress, notöğri ovqatlaniş, uyqusizlik - bu kun böyi işlaydigan odamlar tez-tez boşidan keçiradigan holatlar. Bu kabi holatlar insonning iş unumdorligiga ta'sir ötkazmay qolmaydi, albatta. Özini lohas his qiliş holatlariga xotiradagi muammolar, ya'ni xayolparastlik, eslab qoliş qobiliyatining pasayişi ham qöşiladi. 

Bizning miyamiz xuddi tanamiz kabi doimiy maşqlarga ehtiyoj sezadi. Aksariyat holatlarda xotiradagi muammolar aynan muntazam maşqlarning yöqligidan kelib çiqadi. Maşq qiliş jarayoni davomida miyada ijobiy özgarişlar sodir böladi. Şunday qilib, biz aqliy maşqlarni qança köp bajarsak, xotiramiz şunça köp rivojlanadi. Şunisi e'tiborga loyiqki, miyamizning asosiy duşmani - hamma yerda bizga hamrohlik qiluvçi har qanday gadjyetlar, çunki ularga bizning miyamiz amalga oşirişi kerak bölgan vazifalarning katta qismi yuklatilgan.

Agar ma'lumotlarni eslab qolişingizda muammolar paydo bölsa, u holda atrofingizdagi gadjyetlar sonini qisqartiriş kerak. Salbiy ta'sir qiluvçi foydali qurilmalarga misol tariqasida oddiy kalkulyatorni olişimiz mumkin. Bu qurilmaga işonib karra jadvalni esdan çiqarib ulgurganlar qança, göyoki bu eskirgan odatdek. Miyamizdagi yodda saqlaş va ma'lumotni topiş kabi funksiyalarni yengillaştirib, biz özimizning aqliy salohiyatimiz pasayişiga sababçi bölib qolamiz. Şu bois unça murakkab bölmagan matematik misollarni yeçiş, yaqin kişilarimiz, döstlarimiz va hamkasblarimizning telefon raqamlarini eslab qoliş miyani maşq qilişda juda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Intellektual qobiliyatlarimizni yanada yaxşilaş uçun turli boşqotirmalar, miya iştirokini talab qiluvçi öyinlar öynaş tavsiya etiladi. Televizor köriş örniga kitob öqing, çunki aynan mutolaa diqqatni bir joyga jamlaş kabi muhim xususiyatni rivojlantiradi. Biror bir çet tilini örganiş ham xotirani mustahkamlaş uçun juda foydalidir. Miyani maşq qildirişning asosiy prinsipi kerakli ma'lumotni tahlil qiliş va uni saqlab qolişga asoslanadi. 

Bir vaqtning özida bir neçta işni amalga oşirişning zararli tomonlari ham borligini inobatga oliş zarur. Öz vaqtida dam oliş - mehnat faoliyatining ajralmas va muhim qismi. Har 4 soatda 15 daqiqaça dam oliş miya uçun juda foydalidir. Uyqusizlikni bartaraf qiliş uçun esa har kuni bir vaqtda uxlaşga yotib, bir xil vaqtda turiş muhim ahamiyatga ega. 

Aqliy maşqlar va kun tartibiga rioya qilişdan taşqari soğlom turmuş tarziga amal qiliş kerak. Nafaqat miya faoliyati, balki butun organizm uçun "A", "V", "Ye" va "D" guruh vitaminlarini qabul qiliş, şu bilan birga muntazam jismoniy maşqlar bajariş insonni tetiklaştiradi hamda uning iş faoliyatiga ijobiy ta'sir körsatadi.