Londonlik dizayner Joş Renuf kofe-maşina biriktirilgan soat işlab çiqardi. 

Mashable bergan ma'lumotlarga köra, Barisieur deb nomlangan möjiza-maşina soat qönğiroği jiringlaşi bilan issiq xuşböy qahva damlab beradi. Buning uçun soat sohibi uyqu oldidan unga qahva, suv, sut, şakar va boşqa istagan masalliğini kiritişi kifoya qiladi. 

Barisieur yuqori sifatli xomaşyodan yasaladi: qurilma suv idişi, qahva damlaş uçun voronka, şuningdek qalin şişa çaşkadan iborat.  

Dizaynerning sözlariga köra, qurilmani ertalabki funksiyalariga tayyorlaş jarayoni odamlarga şirin uyquga ketişga turtki beradi. Maşinaga qahva va boşqa masalliqlarni solib tayyorlayotgan kişi ertalab sevimli içimligining xuşböy hididan uyğonişi haqida öylaydi. 

Bunday qurilma narxi 336 dollar atrofida baholanmoqda.