Sankt-Peterburgda bugun, 1 iyundan Oydin keçalar mavsumi rasman boşlandi. Bu haqda Rossiya Boş astronomik observatoriyasi katta ilmiy xodimi Sergey Smirnov sözlariga asoslanib “Radio Baltika” xabar qildi.
Smirnovning aytişiça, astronomlar uçun oydin keçalar bir oy avval boşlangan. Yangi PZS-matritsa (“zaryad aloqali moslama”) uskunasi tufayli may oyining örtalaridayoq sezarli kuzatuvlar olib boriş mumkin bölgan.
Bundan taşqari, Smirnovning sözlariga köra, yuz yildan buyon oydin keçalar mavsumi bir kungagina surilgan. Ekspertning aniqlik kiritişiça, XIX asr öquv qöllanmalariga nazar solinsa, öşa davrda oydin keçalarning örtalari 22 iyun deb hisoblangan.
Ma'lumot uçun: Oydin keçalar – tunda tabiiy yoruğlik yorqin holda qolib, qoronğulik çökmaydigan, balki ğira-şira yoruğlik saqlanadigan tunlar. Uşbu holat yozgi quyoş tutilişidan avval va keyin yaqqol namoyon böladi.







