FIFA terma jamoalar reytingini ma'lum qildi. Unga köra Özbekiston milliy terma jamoasi bir oy oldingi örnida qolgan va ayni vaqtda 66-poğonani egallab turibdi. Qayd etiş kerakki, Özbekiston terma jamoasi 3 oydan beri öz örnini saqlab qolmoqda, terma jamoa xalqaro öyinlarda iştirok etmayotgani bunga sabab bölmoqda.

Reytingda birinçi poğonasida hamon Argentina terma jamoasi joylaşib turibdi. Kuçli uçlikdan şuningdek Belgiya va Kolumbiya terma jamoalari örin olgan. Amaldagi jahon çempioni Germaniya terma jamoasi esa törtinçi örinni band qilgan.

Osiyoda Özbekiston hamon 6-örinda. Qit'a böyiça Eron yetakçi (39), keyingi örinlarni Janubiy Koreya (50), Yaponiya (53), Avstraliya (59) va Saudiya Arabistoni (65) jamoalari band etişgan.

MDH davlatlari böyiça Ukraina (19-örin) va Rossiya (29) Özbekistondan yuqorida qayd etilgan.

1. Argentina
2. Belgiya
3. Kolumbiya
4. Germaniya
5. Çili
6. Ispaniya
7. Braziliya
8. Portugaliya
9. Urugvay
10. Avstriya

7 iyun kuni Özbekiston bilan örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşişi kutilayotgan Kanada terma jamoasi esa 363 oçko bilan 93-örinda qayd etilgan. 

Töliq reyting bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.