Fransiya poytaxti Parij şahrida suv toşqinlari tufayli trevoga holati e'lon qilindi. 4 kundan buyon yoğayotgan tinimsiz yomğirlar tufayli şahar markazidan oqib ötuvçi Sena daryosi öz qirğoqlaridan toşişi ehtimoli yuzaga kelgan.
Xabar qilinişiça, A10 Parij — Bordo şossesi va poytaxtni Orlean şahri bilan boğlovçi temir yöl harakati suv oqimlari tufayli yopilgan. Şuningdek, Mets şahrida şunday holat kuzatilmoqda. Qayd etilişiça, Parijdan 110 km janubdagi Montarji şahridagi maktablar va keksalar uyi evakuatsiya qilingan.


Fransiya milliy meteobyurosi ma'lumotiga köra, bu keyingi 150 yil içida eng köp yomğir yoqqan yomğir böldi.

Qayd etilişiça, qutqaruv xizmatlariga xavotirga tuşgan fuqarolar tomonidan 8 mingga yaqin qönğiroq bölgan.

Hukumat ötgan haftaning juma kunida Sena daryosidagi suv sathi 5,6 m kötarilganini qayd etdi. Suvning 6 metrga kötarilişi RER elektriçkasi harakatini töxtatib qöyişi mumkin. Sena daryosida suv sathining kötarilişi bilan boğliq eng yuqori körsatkiç 1910 yilda qayd etilgandi (8,6 m).











