Suriyaning Aleppo şahrida jangarilar öqidan oyoği yaralangan ön yaşar Sidra Zaarur tibbiy brigada tomonidan Il-76 harbiy-transport samolyotida Moskvaga keltirildi. Bu haqda Rossiya harbiy vazirligi matubot xizmati xabar bermoqda.
“2016 yilning 1 iyun kuni Sidra Zaarur barça tibbiy jihozlar bilan ta'minlangan Il-76 harbiy-transport aviatsiyasi yordamida Moskvaga keltirildi... Zaarur Rossiya bolalar şifoxonasiga yotqizilgan. Bu yerda u davolanadi va şifo kurslaridan ötadi”, - deyiladi ma'lumotda.
Yana şuni ma'lum qilişdiki, qizçani Rossiyadagi şifoxonalardan birida davolanişini uning ota-onasi iltimos qilgan.







