Jahon fuqaroligi indeksi - dunyoning turli mamlakatlari fuqaroligining obektiv şkala qiymatini namoyiş qiladi. Bu u yoki bu fuqarolikning sifat körsatkiçlariga ta'sir körsatuvçi içki omillar (iqtisodiyot kölami, insoniylik salohiyatining rivoji, jamoat tartibi va barqarorlik) bilan birga taşqi omillarni ham (qisqa muddatli sayohatlarga vizasiz rejim, xorijda vizasiz yaşaş imkoniyati) körib çiqadi.

Indeks iqtisodiy jihatdan omadli mamlakatlarning pasporti har doim ham öz fuqarolari uçun eng yaxşi şaroitlarni taklif qilmasligini körsatmoqda. Masalan, iqtisodiy gigant Xitoy fuqarolariga har doim ham eng sifatli fuqarolikni taqdim etmaydi. 

Reyting bugun 2 iyun kuni Henley & Partners konsalting kompaniyasi tomonidan taqdim etildi. Unga köra, 1- örin Germaniyaga nasib etdi. MDH davlatlaridan Rossiya 60-örinda, Qozoğiston - 83-örinda qayd qilingan. 

Özbekiston uşbu reytingda 111-örinni egalladi. Tojikiston va Qirğiziston esa 116- hamda 119- poğonalardan joy olişdi.

Indeks har yili qaytadan yangilanadi.