Amerikalik qöşiqçi Prins opioid preparatni tasodifiy oşirib yuborişi natijasida vafot etgan. Bu haqda CNN kanali sudmedekspertlarning ma'lumotiga tayanib xabar bergan.
Mutaxassislarning aniqlaşlariça, artistning ölimiga fentanil sabab bölgan.
Şifokorlar bu dorini saraton kasalliklarini davolaşda tavsiya qilişadi, biroq preparat noqonuniy işlab çiqarilgan bölişi ham mumkinligini ta'kidlaşdi. Uni AQŞdagi dozani oşirib yuboriş natijasidagi ölimlarning sabablaridan biri deb ataşadi.
Berilgan ma'lumotda fentanilning qanday holatda qabul qilinganiga oydinlik kiritilmagan - dorini şifokor tavsiya qilganmi yoki u noqonuniy işlab çiqarilganmi - bunisi hozirça noma'lum.
Toksikologik test natijalari böyiça töliq hisobot oşkor etilmaydi.
Şunisi e'tiborga molikki, TMZ naşri Prinsning ölimi töğrisidagi guvohnomani çop etgan, unga köra, artistning ölimi qayd etilgan rasmiy sana - 21 aprel, soat 10:07.







