"Yulduzça" tanloviga arizalar qabul qiliş jarayoni 20 maydan 6 iyunga qadar davom etiriladi. Taşkilotçilar jamoatçilik tomonidan bildirilgan taklif va istaklardan kelib çiqqan holda ana şunday qarorga keldilar. Mamlakatimizning çekka hududlarida istiqomat qiluvçi yoş iste'dod egalari 6 iyunga qadar öz xujjatlarini taşkilotçilarga taqdim etiş imkoniyatiga egadirlar. Şuni alohida takidlab ötiş lozimki, tanlovga xujjat topşiriş buyiça Farğona, Samarqand, Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahri iştirokçilari ança faoldirlir.
“Yulduzça” bolalar musiqiy televizion tanlovining respublika saralaş bosqiçi 7-8-9 iyun kunlari Toşkent şahrida, Mustaqillik maydoni 2, manzilida joylaşgan "Kamolot" yoşlar ijod saroyida bölib ötadi. Hozirgi kunda taşkilotçilar tomonidan tanlovni yuqori darajada ötkaziş uçun tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Tanlov haqida “yutub”dagi quydagi manzilda töliq ma'lumot oliş mumkin böladi.







