2016 yil 2 iyun kuni Özbekiston musulmonlari idorasining majlislar zalida ulamolar, nufuzli imom-xatiblar, Toşkent islom universiteti va Toşkent islom institutining professor-öqituvçilari, olimlar iştirokida «Dunyo ulamolari murojaati» kitobining taqdimot marosimi bölib ötdi.
Taqdimotda söz olgan muftiy Usmonxon Alimov mömin-musulmonlarimizni kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan qutluğ, ana şunday şukuhli kunlarda Özbekiston musulmonlari idorasi kitobsevar xalqimizga «Dunyo ulamolari murojaati» nomli yangi kitobni taqdim etayotganini ma'lum qildi.
Toşkent şahar boş imom-xatibi A.Tursunov uşbu kitob imom-xatiblarning kundalik faoliyatida qöl kelişi, diniy soha xodimlari mahallalarda taşkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy uçraşuvlarda «Dunyo ulamolari murojaati» kitobidan unumli foydalanişlarini sözlab, mazkur kitobni barça masjidlarga, mahalla va ta'lim muassasalariga yetkaziş zarurligini bildirdi.
Taqdimotda iştirok etgan tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov uşbu naşr şu kunga qadar çop etilgan kitoblardan ilmiy-amaliy ahamiyati, saviyasi bilan ajralib turişini qayd etdi.
Iştirokçilar tomonidan Özbekiston musulmonlari idorasining diniy-ma'rifiy sohadagi tarğibot faoliyati sönggi yillarda yangiça mazmun kasb etayotgani ta'kidlandi.
Qayd etiş kerakki, taqdimoti ötkazilgan «Dunyo ulamolari murojaati» kitobi ilmiy jamoatçilik, xususan, xorijlik mutaxassislarda katta qiziqiş uyğotmoqda.

Surat: Muslim.uz