AQŞ Davlat departamentining yillik hisobotiga köra, Eron xalqaro terrorizmning boş homiysi sifatida keltirilgan. Bu haqda The Independent xabar tarqatgan.

Hisobotda qayd etilişiça, Eron Islom respublikasi "2015 yilda ham terroristik aktlar taşkil etişni qöllab-quvvatlaş, moliyaviy yordamlar körsatiş, maşğulotlar ötkaziş orqali butun dunyodagi köplab terrorçi guruhlarga asosiy homiy vazifasini ötagan".

Tekşiruvlarda aniqlanişiça, Eron Livandagi "Hezbolloh", Falastindagi jangari guruhlar (jumladan, XAMAS) va Suriyadagi Başar Asad tuzumining boş homiysi hisoblanadi.

Xabar qilinişiça, Eron bilan yadroviy masalada kelişuvga erişilib, sanksiyalar yeçilgan bölsada, mamlakat "Islom inqilobi posbonlari" korpusi va "Kods" nomli maxsus guruhdan özining taşqi siyosatdagi maqsadlaridan foydalanişda davom etmoqda.

Eronning diniy rahnamosi Ali Xomaneiy bu hisobotga javoban "rasmiy Tehron mintaqaviy masalalarni hal qilişda öz raqiblari hisoblanadigan AQŞ hamda "iblisona" Buyuk Britaniya bilan maslahatlaşib iş yuritmasligi" haqida gapirgan.

Bundan taşqari, amerikaliklarning hisobotida Suriya va Sudan mamlakatlari hukumatlari ham terrorizmni rağbatlantiruvçilar sifatida sanab ötilgan.