Sport | 16:43 / 04.06.2016
24763
1 daqiqa o‘qiladi

Mayk Tayson Muhammad Ali xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Bugungi kun tongida marhum Muhammad Ali xotirasiga olqishlar yog‘dirilmoqda. Afsonaviy, o‘ta og‘ir vazn toifasida uch marotaba Jahon Chempioni Muhammad Ali 30 yildan ortiq Parkinson kasalligi bilan davomiy kurashib, oxir-oqibat bugun tunda quladi. 

Asl ismi Kássius Marséllus Kley bo‘lgan Muhammad Ali darajasiga faqat Mayk Taysongina yaqin kela olgan. Ikki boks yulduzi o‘zaro do‘stona munosabatlarda bo‘lishgan. 

Tayson o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali afsonaviy bokschi bilan birga tushgan suratlarini joylab, Aliga bo‘lgan hurmatini bajo keltirdi, ularning orasida Muhammad Alining boshqa mashhur kishilar - Jekson Fayf va Stivi Uander bilan birga tushgan suratlari ham aks ettirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish