Ukraina droni Gelenjik şahrining Arxipo-Osipovka posyolkasiga hujum qilişi oqibatida yetti kişi halok böldi, şundan uç nafari bolalar. Bu haqda Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev xabar berdi.
Uning ma’lumotiga köra, 40 kişi jarohatlangan, şundan 21 nafari şifoxonaga yotqizilgan. RF soğliqni saqlaş vaziri yordamçisi Aleksey Kuznetsov ma’lum qilişiça, jabrlanganlardan tört nafari (şundan ikki nafari bolalar) oğir ahvolda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda dron töğridan töğri plyajga kelib urilgani va portlaganini köriş mumkin. Bu vaqtda sohilda va suvda odamlar dam olayotgan bölgan.
Krasnodar ölkasi operativ ştabi sohilga «dron parçalari» qulagani haqida ma’lum qilgan. Ukrainadagi telegram-kanallar esa dron radioelektron kuraş vositalari ta’sirida boşqaruvni yöqotib, plyajga qulab tuşganini ta’kidlamoqda.
«Ostorojno, novosti» qayd etişiça, şahar rahbari Aleksey Bogodistov soat 08:34 da dronlar hujumi xavfi haqida xabar bergan. 10 daqiqa ötib u bu rejim bekor qilinganini yozgan. Şu bilan birga, mahalliy aholi vakillari va sayyohlar sirenalar ovozi eşitilmaganidan şikoyat qilişgan, holbuki posyolkada ogohlantiruvçi tizim bölgan. 93.ru naşri öquvçilari ham ogohlantiriş tizimi işlamaganini aytib berişgan.

















