«Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksining «Aviayuklar» taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Xitoydan keltirilgan 21 tonnadan ziyod oğirlikdagi «Efba» osma dori vositasini bojxona körigidan ötkaziş davomida jiddiy qonun buzilişi aniqlandi.
Bojxona yuk deklaratsiyasida uşbu dori vositasi Hindistonda işlab çiqarilgani körsatilgan. Ammo körik davomida uning qadoği va yorliqlarida işlab çiqaruvçi davlat va korxona nomi umuman aks ettirilmaganligi aniqlandi.
Mazkur dori vositasini Özbekistonga import qilişda Soğliqni saqlaş vazirligi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining muvofiqlik sertifikati talab etiladi.
Yuk egalari sertifikat olişda namuna sifatida «Efba» dori vositasining Hindistonda işlab çiqarilgan asl nusxasini taqdim etişgan va kontrafakt dori vositasini şu sertifikat bilan olib kirişni rejalaştirişgan.
«Efba» infuzion eritmasi tarkibidagi asosiy modda levofloksatsin bölib, u kuçli ftorxinolon guruhiga mansub antibiotik hisoblanadi. Uning qalbakilaştirilişi juda xavfli oqibatlarga olib keladi.
Vaqtinça saqlovga olingan mazkur dori vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga köra 7,3 mlrd sömdan oşadi. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.












