Sarxil mahsulotlar yoki yangi kiyim olmoqçi bölgan odamlar mana bir neça ming yildirki bozorga borişadi. Universal savdo markazlari dunyoning barça burçaklarida mavjud. Ularda umumiy öxşaşlik bor, albatta, lekin har biri öziga xos. Uzoq ötmişdagidek bozorlardagi savdo prinsipi özgarmagan. Quyida diqqatingizga havola etilayotgan bozorlar sayyohlarning sevimli maskanlariga aylanib ulgurgan.
1. Çatuçak

Bangkok, Tailand
Tailanddagi eng katta bozor dam oliş kunlarida işlaydi va minglab mahalliy xalq hamda butun dunyo sayyohlarini özida jamlaydi. Bir neça kunlarga bu yerdagi köçalarda 15 minglab rastalar xizmat körsatadi. Bangkokda bölsangiz, sizga birinçi navbatda şu bozorni tavsiya qilişadi.
2. Grand - bozor

Istanbul, Turkiya
Dunyodagi eng qadimiy va yirik yopiq bozorlardan biri. Bozorda 61ta köça bölib, ularning har birida turli tovarlar sotiladi. Grand-bozorga bir kunda taxminan 400 ming nafar kişi taşrif buyuradi.
3. Jamaa al-Fna

Marokaş, Marrakeş
Marrakeşga kelgan inson Jamaa al-Fna bozorini körmay ketmasa kerak. Şahar markazidagi bu joy kunduzi ilon öynatuvçi morbozlar va qölga örgatilgan maymunlar bilan töladi, keçga yaqin esa bozor boşlanib, xalq köpayadi. Yaqin Şarq mamlakatlaridan keltirilgan tansiq mahsulotlar, bundan taşqari yuzlab mahalliy tovarlar - bularning barçasi uşbu bozorni Marrakeş şahrining maşhur joylaridan biriga aylantiradi.
4. Queen Victoria

Melburn, Avstraliya
Bozor Melburnning eng asosiy sayyohlik qadamjolaridan biridir. Bu yerga kuniga yuz mingça mahalliy xalq aholisi hamda sayyohlar taşrif buyurişadi. Queen Victoria janubiy yarimşarning eng yirik bozori hisoblanadi - uning maydoni 7 gektar atrofida.













