Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vardi ortidan «Lester»ning yana bir futbolchisi jamoani tark etadi
«Lester» jamoasi yarim himoyachisi Ngolo Kante faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkin.
Goal nashrida xabar qilinishicha, londonliklar jamoasi «Roma»ning belgiyalik yarim himoyachisi Radja Naynggolanni qo‘lga kirita olmagach, Kanteni transfer qilish harakatiga tushishgan.
«Ko‘klar» jamoasi rahbariyati vakili futbolchi bilan uchrashgani va transfer haqida gaplashgani aytilmoqda.
Kantening transfer qiymati 20 million funtni tashkil etishi kutilmoqda, futbolchining o‘zi ham APLda qolish niyatini bildirgan.
Yakunlangan mavsumda tayanch yarim himoya chizig‘i vakili Kante «Lester» uchun barcha turnirlar doirasida 40 uchrashuv o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, «Lester»ning chempionligida asosiy ish bajargan futbolchilardan biri, hujumchi Jyeymi Vardi yaqin soatlar ichida «Arsenal» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.