Şveytsariyada fuqarolar uçun 2500 Şveytsariya franki (2500 dollar) qiymatida şubhasiz tayanç daromad kiritişni rad etildi, biroq migratsiya siyosatidagi özgarişlar qöllab-quvvatlandi. Bundan 5 iyunda mamlakatda bölib ötayotgan umumxalq referendumining dastlabki natijalari guvohlik bermoqda.
Referendum iştirokçilari bitta savolga javob berişi lozim edi: har bir fuqaro, işlaş-işlamasligidan qat'i nazar, davlatdan oyiga 2500 Şveytsariya franki (2260 yevro yoki 2530 dollar) olişi kerakmi? Bu summa har bir Şveytsariya fuqarosiga, u qayerda yaşaşidan qat'i nazar, umrbod tölab borilişi közda tutilgan. 18 ga tölmagan fuqarolarga 625 frankdan tölab borilişi aytilgandi.
Ğoya mualliflarining fikriça, bu odamlarga öz ijodiy salohiyatini oçişga kömak berişi kerak edi. Şuningdek, bu ijtimoiy nafaqa uçun kuraşlarni töxtatişi va umuman köplab muammolarni hal qilişga kömak berişini ta'kidlab ötilgandi. Taşabbus tanqidçilari, öz navbatida, bu odamlarni bekorçilikka undaydi, degan fikrda sobit qolişgan.
Hukumatning hisob-kitoblariga köra, bu rejani amalga oşiriş uçun 25 million frank talab etiladi, bu esa byudjyetning boşqa bandlari qisqarişiga olib keladi. Bundan taşqari, bunday taşabbusni joriy etişga kamida 10 yil vaqt talab etiladi.
Şveytsariya fuqarolari uçun tayanç daromad kiritiş ğoyasi faqatgina uç kanton – Friburg, Şaffxauzen va Zoloturnda aholining 20 foizdan köproği tomonidan qöllab-quvvatlandi. Yura kantonida uşbu taşabbus uçun rekord darajadagi 35,8 foiz ovoz beruvçilar ovoz berdi. Qolgan kantonlarda bu ğoyaga 20 foizdan kamroq aholi ovoz berdi. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, bunday holat ovoz beriş tugagandan keyin özgarişi dargumon. Şu tariqa köpçilik ovoz bilan tayanç daromad kiritiş taklifi rad etiladi.
Şu bilan birga, Şveytsariya migratsiya siyosatiga özgarişlar kiritişni qöllab-quvvatladi. Bu özgarişlar boşpanaga muhtojlarning sörovlarini qayta işlaş jarayonini modifikatsiyalaş hamda ular rad javobini olsa, öz vataniga qaytişini tezlaştiriş bilan boğliq. Ovoz beriş natijalariga köra, 17 kantonda bu ğoya 60 foizdan köproq aholi tomonidan ma'qullangan.
Ovoz berişga qöyilgan yana ikkita taşabbus – "Jamoatçilik farovonligi uçun" va avtomobil soliqlarini adolatliroq qayta taqsimlaş şveysariyaliklar tomonidan rad etiladi.







