15-avgust kuni Rossiyaning Omsk şahrida qurilayotgan binoda yonğin çiqişi oqibatida 11 kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizildi.
Avvaliga RF tergov qömitasining Omsk oblasti böyiça boşqarmasi jabrlanganlarning barçasi Özbekiston fuqarolari ekani haqida xabar tarqatgandi. Özbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev Kun.uz’ga bergan izohida bu ma’lumotni rad etib, jabrlanganlardan faqat ikki nafari Özbekiston fuqarolari ekanini ma’lum qildi.
Jabrlanuvçilarning barçasi köp qavatli bino qurilişida işlayotgan quruvçilar bölişgan.
Mahalliy manbalarga köra, hodisaga payvandlaş işlari vaqtida izolyatsiya materiali alanga olişi sabab bölgan. Voqea joyiga yetib kelgan FVV öt öçiruvçilari 1000 kvadrat metr maydonni qamrab olgan yonğinni öçirişga bir soatdan ortiq vaqt sarflaşgan, 5 kişini qutqarişgan, 11 kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan mahalliy şifoxonaga olib borilgan.
Keyinroq ulardan uç nafariga javob berilgan, qolgan sakkiz nafari esa oğir ahvolda jonlantiriş bölimida qolmoqda. Ularda tananing 20 foizdan 90 foizigaça kuyiş holatlari qayd etilgan.













