7-avgust kuni musulmonlar uçun muqaddas Makka şahrida, Ka’ba yonida uç yirik musulmon davlati tomonidan xavfsizlik va mudofaa pakti imzolandi. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida Saudiya Arabistoni Podşohligi, Pokiston Islom Respublikasi va Turkiya Respublikasini mazkur kelişuvga undagan omillar va bitimning Özbekiston jamiyati uçun ahamiyati haqida söz yuritdi.
Özbekiston jamiyati nuqtayi nazaridan qaraganda, bu davlatlarning biz uçun ahamiyati qanday? Özbekiston – Markaziy Osiyo mintaqasining yuragida joylaşgan. Mintaqada Özbekistonning törtta qöşnisi mavjud: Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston. Endi, mintaqadan taşqariga çiqadigan bölsak, Özbekistonning janubida yana muhim tört davlat borki, bu davlatlar bilan Özbekiston xalqi tarixan, özlik darajasida mustahkam boğliqliklarga ega.
Bu “janubiy törtlik”ka Turkiya Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Afğoniston Islom Amirligi va Pokiston Islom Respublikasi kiradi. Makka paktida mana şu törtlikdan ikkitasi iştirok etmoqda: turkiy davlatlarning aholi soniga va iqtisodiy hamda harbiy salohiyatiga köra eng yirik davlati hisoblanmiş Turkiya, hamda yadroviy salohiyatga ega yagona musulmon davlati hisoblanmiş Pokiston.
Saudiya Arabistoni-çi? Uşbu mamlakatdagi Makka va Madina şaharlari islom sivilizatsiyasining geografik markazi hisoblanadi. Özbekiston aholisining 90 foizdan oşiği islom diniga e’tiqod qilar ekan, aholi uçun diniy jihatdan muqaddas maskanlarning xavfsizligi – muhim masala hisoblanadi. Şuning uçun, Saudiya Arabistoni butun bir musulmon dunyosi uçun eng muhim ramziy davlat deb hisoblanişi tabiiy.
Xöş, bu uç davlatning Makka paktini imzolaşdan asosiy maqsadlari, motivlari nimalardan iborat bölişi mumkin?
Individual motivlar. Uşbu uçta davlatning har birini alohida motivlari mavjud.
Pokiston uçun – uning eng asosiy raqibi Hindiston bilan strategik tiraşuvda “musulmon komandasi”ni kengaytiriş, va şu yöl bilan rasmiy Dehliga “mening kuçli ittifoqçilarim bor” deya signal berişi, tabiiy.
Turkiya uçun ham tarixan şakllangan muammolar, ziddiyatlar va masalalar bor. Turkiya – NATO a’zosi, lekin rasmiy Anqara özining xavfsizligi va taqdirini faqat NATOga boğlab qöyiş niyati yöq. Aksinça, özining geostrategiyasi va xavfsizligini diversifikatsiya qiliş yölidan ketmoqda. Uşbu pakt Anqaraga NATO bilan munosabatlarda qöşimça vazn beradi. Şuningdek, Turkiyaning Gretsiya, Kipr, YeIdagi ba’zi davlatlar bilan munosabatlarida ham ramziy instrument rolini öynaydi.












