Xitoyda asos solingan Huawei Technologies kompaniyasi yaqin beş yil içida smartfon işlab çiqariş bozorida Apple va Samsung brendlarini ortda qoldirmoqçi va 25 % dan ziyod bölgan uluşni qölga kiritmoqçi.
Bu haqda kompaniyaning elektron uskunalar işlab çiqariş yönalişi direktori Riçard Yu, Gongkongda ötgan Konvergent texnologiyalar konferentsiyasiga ta'kidlab ötdi. Mazkur tadbir The Wall Street Journal naşri tomonidan taşkil etilgan.
“Biz smartfon işlab çiqariş borasida duyonda birinçi öringa çiqmoqçimiz. Bu juda uzoq yöl, ammo biz ham juda sabrlimiz”, - deydi Riçard Yu.
Ijroçi direktor sözlariga köra, Huawei kompaniyasi şuningdek virtual borliqni hosil etuvçi texnologiyalarni işlab çiqarişga ham kattar e'tibor qaratqmoda.
“Virtual Reallik (VR) dasturiy platformani işlab çiqaruvçi Alphabet Inc.’s Google kompaniyasi bilan hamkorlikda Huawei şu yilning kuz oyida virtual borliqni aks ettiruvçi smartfonlarni işlab çiqarişni yölga qöymoqçi”, - deya ta'kidlab ötdi janob Yu.
Huawei Şvedtsiyaning Ericsson kompaniyasi bilan bir qatorda telekommunikattsion tarmoqlarni yetkazib beruvçi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi va bu borada ösişda davom etmoqda. Sönggi beş yil içida kompaniyai mobil jihozlarni işlab çiqariş borasida ham katta yutuqlarni qölga kiritdi.
Gartner kompaniyasi tadqiqotlariga köra, Huawei`ning smartfon bozoridagi uluşi şu yilning birinçi çorak yakuniga köra 8,3 % ni taşkil etgan. Samsunğning uluşi esa – 23 %, Apple kompaniyasi - 15 % lik körsatkiçga ega. Ötgan yil birinçi çoragi bilan taqqoslanadigan bölsa, Huawei 2016 yilda smartfonlar sotuvini 59 foizga oşirdi.
Huawei yaqin 5 yilda Samsung va Apple-ni ortda qoldirmoqçi
20:27 / 07.06.20165 3152 min







