Parij yaqinidagi Sen-Deni kommunasida yirik yonğin yuz berdi. Deyarli bir uy butkul yonib ketdi. Noxuş voqea oqibatida kamida 5 kişi halok böldi, yana 12 kişi jarohat oldi. Jarohatlanganlardan 3 nafari yonğinni öçiriş va qutqaruv operatsiyasida iştirok etgan öt öçiruvçilar böldi.

Jiddiy kuyiş jarohatlari olganlar va is gazidan zaharlanganlar şifoxonaga yetkazilganlar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Öt öçiruvçilar yonğinni öçirişlari uçun 3 soat kerak böldi. Hozir yonib ketgan binoda tekşiriş işlari olib borilmoqda, jarohatlanganlar qidirilmoqda. Voqea sabablari ma'lum qilinmagan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari yonğin yuzasidan tergov boşlaşgan.