Özbekiston poytaxti Toşkent şahridagi beş yulduzli Hyatt Regency mehmonxonasi bir haftadan söng foydalanişga topşiriladi, deb xabar qilmoqda nuz.uz sayti mehmonxonadagi manbasiga tayangan holda.
Qurilişi 4 yil avval boşlangan mehmonxona, nihoyat foydalanişga topşiriladi. 300 örinli inşootning rasmiy oçilişi 15 iyunga belgilangan.

Eslatib ötamiz, 2012 yili Toşkent şahri ma'muriyati va Hyatt International operatori örtasida erişilgan bitimga köra, Hyatt mehmonxonani loyihalaştiriş, quriş va uni jihozlaş mobaynida texnik maslahatlar körsatib, uni boşqarişda Hyatt Regency savdo belgisidan foydalaniş huquqini taqdim etişi kerak edi.
Loyiha qiymati öşa paytda 113 mln dollarga baholangan hamda 2013 yil törtinçi çoragida qurib bitkazilişi lozim edi. Biroq, 3 yil davomida quriliş işlari gohida töxtab, yana davom ettirilgan paytlar böldi.
Ötgan yilning oktabr oyida Özbekiston hukumati quriliş işlarini davom ettiriş uçun yana 205 mln dollarga yaqin qöşimça sarmoya kiritiş töğrisida qaror qabul qildi. Loyiha, Özbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamğarmasining 42 mln dollarlik kredit mablağlari, Xalq bankining 100 mlrd sömlik krediti va Toşkent şahri hokimligining öz mablağlari hisobiga amalga oşirilmoqda.








