Yaqin beş yil içida fond bozorlari ösişi munosabati bilan kamida 100 million dollarga egalik qiluvçi kişilarning moliyaviy ahvoli yanada ösişi kutilmoqda, deb xabar beradi Bloomberg Boston Consulting Group ( BCG) tadqiqotiga asoslanib.
Uşbu toifaga kiruvçi kişilarning umumiy moliyaviy ahvoli yiliga 9,5 foizga ösib boradi va 2020 yilda 224 trillion dollarni taşkil qiladi. Agar 2015 yilda milliarderlarga tegişli dunyo boyliklarining uluşi 47 foiz darajasida bölgan bölsa, hozirda u 52 foizgaça kötariladi.
Investitsion faoliyatdan keluvçi daromadlarning qisqarişiga duç kelgan UBS Group AG, Credit Suisse Group AG va JP Morgan Chase & Co. kabi banklar öta boy kişilar va ularning kompaniyalariga xizmat körsatişga ötib olişdi, bu banklar ularga yuzlab million dollarlarga konsultatsiyalar va kredit liniyalari taklif etişadi.
Bundan taşqari, BCG hisobotiga köra, ofşor moliyaviy markazlari aktivlarining umumiy qiymati 2015 yilda 3 foizga ösib, 10 trillion dollardan iborat böldi. Yevropa va Şimoliy Amerika investorlarining ba'zilari pullarni öz mamlakatlariga qaytarayotgan bir paytda, jismoniy şaxslar öz moliyaviy holatlariga siyosiy va iqtisodiy ta'sirdan qoçişga harakat qilişmoqda. Hongkong va Singapurda qayd etilgan ofşor aktivlari har yili taxminan 10 foizga oşişi kutilmoqda.







