Google kompaniyasi foydalanuvçilar haqidagi  har bir oçiq ma'lumotni yiğişi va ularni saqlaşi haqidagi faktni inkor etmagan. Endilikda yangi “Xatti-harakatlarni kuzatiş” (Otslejivaniye deystviy) xizmati yordamida bunga özingiz amin bölişingiz va siz haqingizda yiğilgan ma'lumotlarni öçiriş imkoniyatidan foylanişingiz mumkin. 

Yaqin kunlarda Google dasturçilari “Mening akkauntim” (Moy akkaunt) xizmatini yangilaşdi va buning natijasida xizmatdan foydalaniş yanada osonlaşdi. Bundan taşqari, ovozli sörovlar tarixiga bağişlangan yangi bölim ham paydo böldi.

Şaxsiy ma'lumotlarni köriş uçun “Mening akkauntim” (Moy akkaunt) xizmatiga kirib, “Xatti-harakatlarni kuzatiş” (Otslejivaniye deystviy) bölimini oçing.

Keyin esa siz ma'lum bir kategoriyaga ega bölgan ma'lumotlar seksiyalarini uçratasiz:
-  Qidiriş sörovlari va körilgan sahifalar;
-  Siz taşrif buyurgan joylar;
-  Ovozli sörovlar va buyruqlar;
-  YouTube orqali qidirgan videolaringiz;
-  YouTube orqali tomoşa qilgan videolaringiz.

Agar siz Chrome brauzeri foydalanuvçisi bölsangiz va Android boşqaruvidagi smartfoningiz bölsa, yuqorida qörsatilgan ma'lumotlarni körişingiz mumkin.
Bu ma'lumotlarni körib, siz ularning ma'lum birini öçiriş istagida bölişingiz aniq. Buni amalga oşiriş juda ham oson: “kerak bölmagan” ma'lumotlarni belgilang va “Öçiriş” tugmasini bosing. Agarda siz bir neça kun yoki ma'lum bir davr sörovlarining tarixini öçirişni istasangiz, yuqoridagi panelda joylaşgan maxsus buyruqlar yordamida buni amalga oşirişingiz mumkin. Şuningdek, “Mening akkauntim” (Moy akkaunt) xizmati orqali har bir kategoriya uçun ma'lumotlarni yiğişni taqiqlab köyişingiz mumkin.