Germaniya terma jamoasi futbol böyiça Yevropa çempionatida iştirok etuvçi jamoalar içida öyinçilarining umumiy qiymati eng qimmatbaho bölgan terma jamoa böldi, deb yozmoqda Der Tagesspiegel gazetasi buyurtmasi böyiça ötkazilgan sörovnoma natijalariga iqtibos keltirgan holda Deutsche Welle naşri.
Germaniya terma jamoasining 24 öyinçisining umumiy qiymati 562 mln yevroga baholandi.
Undan keyin Ispaniya termasi kelmoqda, u Germaniyadan bor-yöği 4 mln yevroga ortda qolmoqda.
Röyxatda keyingi örinlarni Fransiya (487 mln), Angliya (477 mln) va Belgiya (461 mln) egallamoqda.
Bu boradagi eng past körsatkiçlarga Vengriya (27 mln yevro), Şimoliy Irlandiya (36 mln yevro) va Islandiya (42 mln yevro) ega.
Yevro-2016 Fransiyaning 10 ta şahrida 10 iyundan 10 iyulgaça bölib ötadi.
Avvalgi Yevropa çempionati 2012 yilda Ukraina va Polşada ötgan. Öşanda Ispaniya terma jamoasi musobaqa tarixida uçinçi marta çempion bölgandi.
Manba: tribuna.uz







