Royal Dutch Shell iyul oyida Eronning 1 mln barrel neftini Yevropaga yetkazadi. U Fransiyaning Total kompaniyasidan söng Eron neftini xarid qila boşlagan ikkinçi yirik kompaniya böladi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Neftni Yevropaga yetkaziş uçun yollangan Delta Hellas tankeri 1 iyul kuni yuklanadi, deb xabar qilgan agentlik manbasi. Biroq Shell kompaniyasi bu axborotni izohlaganiça yöq. 

Total kompaniyasi 2016 yil fevralidan Eron neftini sotib ola boşlagan edi. 

Avvalroq Eron milliy neft kompaniyasi xalqaro aloqalar böyiça ijroçi direktori Muhsin Ğamsariy, Yevropaga neft yetkazib beriş böyiça şartnomalar haqida söz yuritib, Total bilan imzolangan bitimdan taşqari Gretsiyaning Hellenic Petroleum, "Lukoyl" va Ispaniyaning Cepsa kompaniyalari bilan ham kelişuvlar mavjudligini bildirgandi. 

Shell kompaniyasi esa, Eronga nisbatan sanksiyalardan avval xarid qilgan, ammo sanksiyalar tufayli tölay olmagan qarzini yopganidan söng, Eron neftini qayta import qilişni yölga qöyişi mumkinligi xabar qilingan edi. 
Kompaniya mart oyida 2,1 mlrd dollarlik qarzning 1,9 milliardini qoplagan.