Afrikaning unça katta bölmagan mamlakati, bir paytlar dahşatli fuqarolar uruşidan yöqolib ketiş xavfi ostida qolgan edi. Endilikda u rivojlaniş sur'atlari bilan dunyoni lol qoldirmoqda.

Ruanda – Markaziy Afrika şarqida joylaşgan, 12 mln nafarga yaqin kişi istiqomat qiladigan mamlakat. U 1990-1994 yillarda bölib ötgan fuqarolar uruşida, millionlab kişilar ommaviy qatliom qilinişi bilan dunyoga "dong" taratgan edi. Öşanda odamlarni öldiriş sur'ati natsistlarnikidan ötib ketgandi. 

Xalqaro hamjamiyatning aralaşuvidan söng, bunday vahşiyliklarga barham berilib, Ruanda ham uzoq vaqtlar OAV e'tiboridan çetda böldi. Ammo öşa maş'um genotsid, fuqarolik uruşi, vayronagarçiliklar va oçarçilikdan atigi 22 yil ötib, mamlakat köplab sohalar böyiça Afrika qit'asining yetakçi davlatlari röyxatidan joy ola boşladi. 

Londonning Legatum Institute tomonidan e'lon qilingan Afrikadagi taraqqiyot darajasiga oid hisobotga köra, Ruanda rivojlaniş sur'atlari böyiça birinçi öringa loyiq körilgan. Sodda til bilan aytganda, bu mamlakat boşqa barça mamlakatlarga qaraganda tezroq rivojlanmoqda. U ta'lim, soğliqni saqlaş, davlat boşqaruvining sifati, xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot körsatkiçlari böyiça yetakçi önlikdan joy olmoqda. Şarqiy Afrika mamlakatlari orasida esa, Ruanda eng rivojlanayotgan mamlakat deb topilgan. Turmuş darajasi körsatkiçi böyiça esa, qit'ada sakkizinçi örinni egallagan. 

Aytiş joizki, mamlakatning bunday muvaffaqiyati «Ruanda vatanparvarlar fondi» yetakçisi Pol Kagame nomi bilan boğlanadi. U Ruandani boşqara boşlagan 2000 yildan mamlakat taraqqiyot sari yuz tutdi. 

Pol Kagame heç qaçon Singapurni Singapur qilgan Li Kvan Yudan örnak olişini yaşirmagan. Ruanda prezidenti ham Singapur muvaffaqiyatini takrorlaşni öz oldiga maqsad qilib qöydi. 

U ham Ruandani xuddi Li Kvan Yu kabi "temir qöl" bilan boşqarmoqda. Ruandada korrupsiyaga ayovsiz kuraş e'lon qilindi, davlat boşqaruv apparati keskin qisqartirildi, mulozimlarning maoşi esa, ularning qilgan işlariga boğlandi. Iqtisodiyot öta liberallaştirildi. Köplab nazorat-taftişlarga çek qöyildi. 
Davlat har qanday tadbirkorlik taşabbusini qöllab-quvvatlamoqda. Korxonani röyxatga oliş yengilligi böyiça Ruanda jahonda 37-örinda turadi. Mulkni röyxatdan ötkaziş borasida 12, kredit oliş yengilligi böyiça, qançalik işoniş qiyin bölmasin 2-örinda turadi. Doing Business reytingida, şarqiy Afrika respublikasi öziga munosib joyda, Lyuksemburgdan keyingi 62-örinda. Albatta, Singapur darajasiga yetiş uçun ança borligiga qaramay, Ruanda közlangan taraqqiyot uçun ildam qadam taşlamoqda. 

Kagame mamlakat iqtisodiyotini xizmat körsatiş va yuqori texnologiyalar negizida barpo etişni rejalaştirgani bois, bu borada keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. 

Bir paytlar xayolga ham kelmagan sayyohlik sohasi, bugungi kunda mamlakat YaIMning qariyb yarmini ta'minlayapti. Sayyohlar dunyoning turli burçaklaridan Ruandaga taşrif buyurmoqda. 

Şu sababli, mamlakatga xorijiy sarmoyalar ham oqib kela boşladi. Ruanda poytaxti Kigali şahrida xorij banklarining şoxobçalari oçilmoqda, dunyo çakana savdo tarmoqlari qurilayapti. Yigirma yil içida, Ruandaning aholi jon boşiga töğri keladigan YaIM xarid qobiliyati pariteti böyiça 500 dollardan 2015 yilda 1800 dollarga çiqdi. 

Nima bölganda ham, garçi ğarb ekspertlari Ruandada demokratiya yöqligini ta'kidlaşsa-da, mamlakat aholisi sönggi prezidentlik saylovida yana bir bor Pol Kagamega işonç bildirdi. Uni saylovçilarning 95 foizi qöllab-quvvatlagan. Bu esa Ruanda taraqqiyot sari odimni dadil davom ettirişini anglatadi.