Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev nevarasi Oysulton Nazarboyev qizli bölgani munosabati bilan beşinçi marta katta buva böldi. 
Oysulton Nazarboyev özining Feysbukdagi sahifasida uşbu quvonçli xabarni e'lon qilgan. 

Oysulton Qozoğiston boş vaziri örinbosari, prezidentning qizi Dariga Nazarboyeva hamda marhum Raxat Aliyevning öğlidir. Uning rafiqasi Alima "Qayrat" futbol jamoasi kuzatuv hay'ati raisi, Qozoğistondagi "McDonalds" franşizalari egasi Qayrat Boranboyevning qizi hisoblanadi. 

Nazarboyevning rasmiy saytiga köra, Qozoğiston rahbarining 3 qizi va 8 nafar nevarasi bor.