Deep Look portalida çivinlar qonni sörayotgan jarayonni aniq körsatilgan videorolik paydo böldi. Bu video Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan olingan bölib, tadqiqot natijalari KQED jurnalida alohida maqola sifatida yoritildi.
Olimlar çivin xartumi oltita kiçik ninalardan iborat ekanini aniqlaşdi. Ular şu darajada ötkirki, inson ular teriga suqilganini sezmay qoladi. Juft ignalar huddi tişga öxşaydi, ulardan biri terini oson kesa oladi, ikkinçisi esa qon yaxşi sörilişi uçun uni yoyadi. Çivin çaqayotgan vaqtida işga tuşuvçi 150dan ortiq retseptorlarga ega.
Beşinçi ignadan inson organizmiga sölak kiradi, bu esa qon aylanişiga yöl qöymaydi va qiçimaga olib keladi. Qon esa oltinçi ignadan çiqadi. Ayol çivinlar organizmdagi ortiqça suvni taşqariga çiqargan holda qorindagi joyni böşatadi.
Ajablanarlisi şundaki, çivinlar planetadagi eng xavfli jonzot sanaladi. Sababi ular inson tanasiga turli viruslarni yuqtirişi oqibatida har yili minglab inosnlar vafot etadi. Bunda çivinlarni ayblab bölmaydi, çunki ular parazit haşarotlardan zararlanib, virus yuqtiradi.







