Heç plastik va matodan yasalgan avtomobilingiz bölişini istaganmisiz? Bunday maşina yaratiş ğoyasi ğalatiroq tuyulişi mumkin. Biroq Tokio avtomobil kompaniyasining muhandislari qayd etişiça, maşinaning plastik qismlari mustahkamlikda pölatdan qolişmaydi. Avtomobilni yaratiş uçun Mitsui Chemicals kompaniyasining GFRTP va CFRTP termoplastiklaridan foydalaniş rejalaştirilmoqda. Ular şişa tolali va uglerod tolali yuqori issiqlik barqarorligi bilan ta'minlangan poliamid hisoblanadi. Muayyan kuç böyiça GFRTP va SFRTP pölatdan 3 barobar, alyuminiy qotişmalardan esa 1,5 marta oşadi.

Hozirda mittigina ikki kişilik Rimono elektrokarining ölçamlari 2200x1000x1300 sm, oğirligi esa 320 kilogrammni taşkil etadi. Mutaxassislarning fikriça, kulrang avtomobilning ramkasi, kapoti, old qanoti va eşiklari pölatdan emas, prototipda körsatilganidek mustahkam termoplastikdan yasaladi. Oğirlikni kamaytiriş avtomobil bitta zaryad bilan bosib öta olişi mumkin bölgan masofani uzaytirişiga yordam beradi. Maksimal tezlik  45 km/soatga teng. Motor kuçi 5 kVtni taşkil etadi. Rimono elektromobili qisqa masofali sayohatlar uçun mos keluvçi ideal transport vositasi böla oladi.  Kuzov qismi köpikli poliuretan va Teijin kompaniyasining suvga çidamli  materialidan tayyorlangan. Maşina egasi öz ta'biga qarab mitti avtomobilni istalgan böyoğida böyaşi mumkin.