BAAning Jannarelly kompaniyasi özining birinçi modeli – Design-1 nomli sport spayderining birinçi ommaviy namoyişini ötkazdi. Avtomobil tasviri va u haqidagi ma'lumot ötgan yili çop etilgandi, hozirda esa işlab çiqaruvçi avtomobilni seriyali tarzda işlab çiqariş rejalarini ma'lum qildi. 

Yangi marka avtomobil dizayneri Entoni Jannarelli hamda yaxtalar quriş böyiça şaxsiy firmaga ega va kompozit materiallar böyiça mutaxassis hisoblanuvçi fransuz Frederik Jyuyo bilan birgalikda yaratilgan. Jannarelli birinçi arab superkari yaratilişida iştirok etgan hamda BAAning Zarooq Sand Racer poyga yöltanlamasi taşqi körinişi ustida işlagan.

Maşinaning gabarit uzunligi 3860 mm, eni 1840 mm, balandligi 1080 mm ni taşkil qiladi, ğildirak bazasi ölçami 2425 mm ga yetadi. Sportkar negizida pölat va alyuminiydan yaratilgan rama yotadi, unda karbon va şişa toladan tayyorlangan kuzov panellari yotadi. 

Orqa privodli Design-1 maşinasi 6 silindrli Nissan atmosferali dvigateli va 6 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan ta'minlanadi. Mijoz istagiga köra, kompaniyada model uçun dvigatelning boşqa varianti körib çiqilişi mumkin. Sportkar bazaviy 304 ot kuçiga ega dvigatel bilan 100 km/soatga 4 soniyada erişadi, maksimal tezligi 220 km/soatni taşkil qiladi.

Avvalroq seriyali sportkarning birinçi nusxalari maxsus modifikatsiyada çiqişi ma'lum qilingandi. U karbonli aerodinamik obves, xrom bilan bezalgan kuzov elementlari, kiçik ölçamdagi şamolga qarşi oyna, çarm salon va avtomatik öt öçiriş tizimi oladi. Hammasi bölib bunday maşinadan 30 ta çiqariş rejalaştirilgan. 

Ayni vaqtda Jannarelly 20 ta avtomobilga avvaldan buyurtma oldi va 80 nafar potensial mijozlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Maşinaning narxi 55 ming dollarni taşkil qiladi. Birinçi mijozlar öz maşinalarini yoz oxirida oladilar. 

Keyinroq marka öz modelini Yevropa va Şimoliy Amerikada işlab çiqarişni yölga qöymoqçi. Hozirça firma "Lotus"larni sotuvçi Marcassus Sport fransuz dileri bilan kelişuvga erişgan.