Bugun 10 iyun kuni Fransiyada boşlanadigan futbol böyiça Yevropa birinçiligi nafaqat ommaviy sport tomoşasi, balki "Yevropa ğoyasining haqiqiy bayrami" böladi. Unda nafaqat YeI mamlakatlari qatnaşadi, degan fikrlarni bildirgan Fransiya prezidenti Fransua Olland.
Ollandning aytişiça, Yevropa çempionatida YeIga a'zo bölmagan Rossiya, Turkiya va Albaniya kabi davlatlar termalari ham ğoliblik uçun kuraşadi.
Futbol böyiça Yevropa çempionati Fransiyaning 10ta şahrida 10 iyundan 10 iyulgaça bölib ötadi. Musobaqaga A guruhining ikki a'zosi Fransiya va Ruminiya termalarining öyini bilan start beriladi.
Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 00:00da Parijning "Stad de Frans" öyingohida boşlanadi.







