Bugun, 13 iyun kuni mobil texnologiyalari olamida ahamiyatli voqealardan biri bölib ötadi. Apple kompaniyasi bir qator yangiliklarni namoyiş etişi kutilayapti. Xususan, yangi iOS 10, OS X 10.12 (macOS) operatsion tizimi hamda bir neçta yangi qurilmalarini omma e'tiboriga havola etadi.
Apple kompaniyasining dasturiy ta'minot işlab çiqiş böyiça vitse-prezidenti Kreyg Federigi özining Twitter sahifasida qora kartondan yasalgan quti va öyin pristavkalarida uçratiş mumkin bölgan taniqli piktogrammalar aks etgan suratni joylaştirgan.

Apple muxlislari, 1995 yili Apple özining qisqartma şaklidagi Mac OS dasturida işlovçi PowerPC 603e protsessoridagi Apple Pippin öyin qurilmasini taqdim etganini yaxşi eslaşadi. Marketing notöğri taşkil etilgani va raqobat töğri baholanmagani bois, Pippin omadsizlikka yuz tutib, tezda dökonlardan ğoyib bölgandi.






