12 iyun kuni Şamsuarov Moskvaning Mnevniki köçasidagi ma'muriy javobgarlikka tortilgan şaxslarni saqlaşga möljallangan ikkinçi maxsus qabulxonasini tark etgan. Uni taşqarida ikkita tansoqçi bilan Volkswagen Minivan maşinasi kutib turgan. U advokati hamrohligida maşinaga ötirgan, jurnalistlarning savoliga javob bermagan. 

22 may kuni Ruslan Şamsuarovga tegişli Mercedes maşinasida ketayotgan ikki yigit, ularni politsiya ta'qib qilişni boşlagaç, YHQni qöpol ravişda buzgan edi. Politsiyaçilar öziga xos poygaçilarni 6 soatdan keyin töxtatişning uddasidan çiqişgandi. Şahar sudi, Şamsuarov bilan birga maşinada bölgan 3 yigitga 15 sutkadan, bir qizga 10 sutka ma'muriy jazo belgilangan edi. Keyinroq RF tergov qömitasi, ularga nisbatan jinoiy iş ham qözğatdi.