Muborak Ramazon oyida ezgu amallar bajariladi, xayr-saxovatli kişilar mehr-muruvvat körsatib, yetim-yesir, beva-beçoralar holidan xabar oladilar, öz xonadonlarida iftorlik qilib, rözadorlarni mehmon qiladilar. Albatta bu işlar maqtovga sazovordir. Sababi hadislarning birida: “Kim bir rözadorga iftorlik qilib bersa, unga öşa rözador ega bölgan savobdan biron narsa kamaytirilmagan holda beriladi”, deyilgan. Ramazon issiq kunlarga töğri kelgan mahalda bir rözadorning savobini qölga kiritiş katta narsa. Lekin masalaning boşqa jihati ham borki, uni e'tibordan çetda qoldirib bölmaydi. U ham bölsa iftorlik marosimlaridagi isrofgarçilik qiliş, kimözarga öynaş, dabdabaga beriliş illatidir. 
     
Banda hadisda aytilgan maqomga kötariliş, rözador erişgan savobni qölga kiritiş uçun iftorlikni dabdaba bilan, isrofgarçilikka yöl qöyib ötkazişi şart emas. Iftorlik bir piyola suv yoki çoy, bir kosa ovqat bilan ham böladi. Ammo, afsuski, oramizda iftorlik qiliş bilan özini xalqqa köz-köz qiluvçilar, xöjakörsinga, riyoga harakat qiluvçilar köpayib bormoqda. Mehrga, e'tiborga, moddiy ta'minotga muhtojlar bir çetda qolib, qorni töqlar, boy-badavlat kişilarni iftorlikka çaqirişdan ne foyda? Ustiga-ustak bunday marosimlarda isrofgarlik juda avjiga çiqadi. Bu işga ham mehmonga haqdor kişilarning taklif qilinmasligi sabab böladi.

Amallar qabul qilinişida eng muhim jihat niyat va amalning şariatga töğri kelişidir. Iftorlik qilayotgan odam xolis Alloh uçun qilmoqdaman, deb niyat qilişi kerak. Şunda hamma narsa öz örnida böladi, isrof ham, kibr ham, maqtançoqligu har xil kimözarga öynaş ham bölmaydi. Agar iftorlik qilişdan maqsad öz boyligini, imoratining çiroyli çiqqaniyu qimmatbaho mebel, gilam va pardalarini körsatib qöyiş bölsa, bu iftorlikdan heç qanday foyda yöq. Töğri, birgina “foydasi” bor: odamlar “falonçi şunaqa iftorlik qildi. Endi dasturxonda odamdan boşqa hamma narsa bor”, deyişadi. Bilasizmi, bu qaçongaça davom etadi? Keyingi iftorga borgunça. Ertasi kuni boşqa joyda mehmon bölgaç, keça borilgan xonadon esdan çiqadi. Banda mana şu bir kun eslanişi uçun qilganmidi iftorlikni?! 

Iftorlik faqat odamlarni çaqiriş bilan bölmaydi. Şunday iftorlik qilingki, uni Alloh bilsin. Odamlar siz iftorlikning eng zörini qilganingizni bilmay qöya qolsin. Isrofgarçilik bilan odamlarni rozi qilaman, deb dasturxon yozsangizu ammo misqolça savobga ham erişmasangiz, bu açinarli holat. 
Odilxon qori Yunusxon öğli