Iroqdagi amerikalik harbiylar IŞID terrorçilik guruhiga qarşi birinçi marotaba Apache (AH-64D) vertolyotlarini qöllaşdi. Bu haqja jurnalistlarga AQŞ mudofaa vaziri Eşton Karter Bryusseldagi NATO davlatlari mudofaa vazirlari uçraşuviga ketayotganda aytdi.  

"Ötgan 24 soat içida qömondonlar Apache vertolyotlarini qöllaşdi. Bu vertolyotlarning birinçi jangovor qöllanişi böldi", deb aytdi Karter.

Pentagon vakillari vazifani bajarişda bir neçta vertolyot qöllangani, biroq ulardan birigina zarba berganini ma'lum qilişdi. Terrorçilar tomonidan uşlab turilgan Mosuldagi nişon yöq qilingan. 

Karterdan amerikalik harbiylarning Iroqda quruqlikdagi operatsiyalardagi iştiroki haqida söraldi. "Biz har kuni bombalar taşlaymiz, raketalar otamiz, u yerda bizning harbiy maslahatçilar bor. Barça operatsiyalar xatar bilan boğlangan. Iroq va Suriya osmonida hozir uçuvçilarimiz bölib, ular xatar ostida", deb javob berdi Karter.