AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod milliarder Donald Tramp bugun - 14 iyun kuni özining 70 yoşligini nişonlamoqda. Yoşiga qaramay siyosatçi prezidentlik poygasida faol. 13 iyun - duşanba kuni u Nyu-Hempşir ştatidagi tarafdorlari bilan uçraşdi, 14 iyun - seşanba kuni respublikaçi Şimoliy Karolina ştatidagi Grinsboro sport arenasida miting uyuştirmoqda. Bu haftada u Atlanta (Jorjiya ştati), Xyuston va Dallas (Texas ştati), şuningdek Las-Vegas (Nevada ştati)ga borişni rejalaştirgan.
Trampning 70 yoşga tölişi munosabati bilan Tampa şahrida (Florida ştati) uning muxlislari kumiriga "Happy birthday to you!" qöşiğini kuylab tabriklaşdi. Milliarder bunga javoban kulib yubordi va "bu haqida eşitgisi ham kelmayotgani"ni aytdi.
"Men özimni 35 yoşdek his qilyapman va bu yaxşi yangilik" dedi Tramp.

Tadbirkor va teleprodyuser AQŞda bölib ötayotgan bu yilgi saylov oldi prezidentlik kampaniyalarining eng yorqin va janjalkaş iştirokçisi sifatida özini namoyon qildi. Ijtimoiy sörovnomalarga köra, ommaviy va provakatsion çiqişlari bilan maşhur milliarderni asosan an'anaviy siyosatdan hafsalasi pir bölgan amerikaliklar qöllab-quvvatlaşmoqda.

Tramp Ikkinçi jahon uruşidan avval Nyu-Yorkning Bruklin va Kuins hududlarida arzon turar joylar qurib davlat orttirgan otasining boyligini meros qilib olgan. U biznesni rivojlantirişda yönalişini vaqtida özgartirib, öz diqqatini qimmatbaho idora binolari, mehmonxonalar, kazino va golf-klublarga qaratdi. Yillar ötgan sari uning faoliyati doirasiga yana restoranlar, ipoteka, poyafzal va kiyim-keçak, zargarlik buyumlari, mebel, uy uçun tovarlar, moda olami va boşqalar qöşildi. "AQŞ gözali" va "Koinot gözali" tanlovlari Tramp biznesining "javohiri"ga aylandi.

70 yoşli magnatning 5 nafar farzandi va 8 nafar nevarasi bor.
Saylov oldi kampaniyalari davrida u muhojirlar, ayollar, huquqni himoya qiliş taşkilotlari, ziyolilar, san'at vakillari, şuningdek OAV va Demokratik partiyani öziga qarşi qilib qöyişga ulgurdi. Biroq şunga qaramasdan milliarderning tarafdorlari soni ösib bormoqda.







