Italiya Yevropa çempionatini Belgiya ustidan qozonilgan ğalaba bilan boşladi.

Birinçi bölimda taşabbus belgiyaliklar tomonida böldi. 10-daqiqada Naynggolan uzoq masofadan kuçli va aniq zarba yölladi, Buffon zarbani bartaraf etdi.

32-daqiqada hisob oçildi. Bonuççi maydon markazidan töpni Jakkeriniga aniq yetkazib berdi. U esa jarima maydoni içida darvozabon bilan yolğiz qolib, Kurtua qöriqlayotgan darvozani işğol qildi - 1:0.

Ikkinçi bölimda ham vaziyat özgarmadi. Belgiya katta kuç bilan hujumga otlandi. Lukaku, Azar va Origida bir qator imkoniyatlar böldi. Ammo italiyaliklar bugungi öyinda hatoga yöl qöyişmadi.

Sönggi daqiqalarda esa belgiyaliklar raqibning qarşi hujumini ötkazib yuborişdi. Kandreva töpni egallab, jarima maydoniga kirib keldi va Pellega oşirdi. Grasiano töpni töxtatmasdan zarba yöllab, hisobni oşirdi - 2:0.

Birinçi turdan keyin Ye guruhida Italiya 3 oçko bilan peşqadam. Irlandiya va Şvetsiyada bittadan oçko. Belgiya oxirgi örinda.

Belgiya – Italiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 32 Jakkerini, 0:2 – 90 Pelle.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Siman (Ferreyra Karrasko, 75), Vermalen, Vittsel, Nainggolan (Mertens, 62), Fellayni, de Bryuyne, Azar, Lukaku (Oriji, 73).
Italiya – Buffon, Bonuççi, Kellini, Darmian (De Şilo, 59), Bardzali, Parolo, Kandreva, de Rossi (Motta, 78), Jakkerini, Pelle, Eder (Immobile, 75).
Ogohlantirişlar: Kellini (65), Eder (75), Bonuççi (78), Motta (84), Vertongen (90).