Los-Anjyelesda "Alf" nomli komedik teleserialda Alf nomli özga sayyoralik rolini ijro etgan aktyor Mixay «Mixu» Mesaroş 76 yoşida vafot etdi, deb yozmoqda TMZ naşri.
Ta'kidlanişiça, Mesaroş bir hafta avval şifoxonaga tuşib qolgan va koma holatida bölgan.
Böyi 84 sm bölgan Mesaroş 1939 yilda Vengriyada tuğilgan va yoşligidan sirkda çiqqan. U özining past böyi sababli "sayyoramizdagi eng past böyli odam" unvonini olgan.
Ta'kidlanişiça, Mesaroş marhum pop-qöşiqçi Maykl Jyeksonning yaqin dösti bölgan. U pop-qirol bilan öz çiqişlaridan birida tanişib qolgan.
Mesaroş 1986 yildan 1990 yilgaça AQŞ ekranlarida namoyiş qilingan "Alf" serialidagi özga sayyoralik rolini ijro etgani tufayli jahonşumul maşhurlikka ega bölgan.







