Şanxay hamkorlik taşkilotining (ŞHT) Toşkentdagi sammiti uning rivojlaniş yölidagi yangi yönalişini aniqlab beradi hamda kun tartibidagi asosiy mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qiliş imkonini yaratadi. Bu haqida ŞHT boş kotibi Raşid Alimov TASS muxbiri bilan keçgan suhbatda ma'lum qildi.
"Biz hozir bor e'tiborimizni yilning eng muhim voqeasi - Toşkentda sammitni ötkazişga qaratyapmiz, - dedi u. - Bu 15 yillik yubiley sammiti, şu bois biz unga ikki barobar köp kuç sarflayapmiz. Har qanday yubiley singari bu ham şu vaqt içida qanday işlar amalga oşirilgani va nimalar qilinişi kerakligini tahlil qiliş imkonini beradi".
"Taşkilotga a'zo mamlakatlar rahbarlari kun tartibiga qöyilgan muhim xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiliş uçun Özbekistonning poytaxtida yiğilişadi, - deya davom ettirdi Alimov. - Toşkentda ötkaziladigan sammit Şanxay hamkorlik taşkiloti taraqqiyotining yangi yönalişini belgilab beradi".
ŞHT özining 15 yilligini nişonlaydi. ŞHT 18ta mamlakatni birlaştiradi, bu dunyo aholisining 44 foizi demakdir. Bugungi kunda ŞHTning teng huquqli a'zolari - Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy. Afğoniston, Belorusiya, Hindiston, Eron, Möğuliston va Pokiston mamlakatlari kuzatuvçi maqomiga ega. Muloqot böyiça şerik maqomi esa Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya, Şri-Lankaga taqdim etilgan. ŞHTning 15 yillik sammiti 23-24 iyun kunlari Toşkentda bölib ötadi.







