Toşkentda qad kötargan yangi Hyatt Regency mehmonxonasi 300 ta xona, tomda joylaşgan italyan pitstseriyasi, "Xiva" jahon xalqlari oşxonalari restorani va oçiq terrasali bar, maydoni 2300 metr kvadratdan kattaroq anjumanlar zali, 855 metr kvadratlik alohida zalga ega bino, Spa xonalar, fitnes-markaz va 20 metrlik usti yopiq basseynga ega bölib, uning qurilişi 200 mln dollardan köproqqa baholanmoqda, deb yozadi myday.uz naşri.
Hyatt mehmonxonalar tarmoğiga tegişli bu mehmonxonaning oçilişi 1 iyulga belgilangan.

Mehmonxonaning oldi şarqona bezak elementlaridan foydalangan holda neobarokko uslubida bajarilgan. Bu bezak elementlarini şuningdek zal va mebellar bezagida ham uçratiş mumkin.
Mehmonxona hududida 3 food-hududlar, Chai lounge, kunböyi işlaydigan "Xiva" restorani, Sette italyan bistrosi faoliyat körsatadi.
Anjumanlar va tadbirlar uçun 2300 metr kvadratlik anjumanlar zali va 855 metr kvadratlik zalga ega alohida bino közda tutilgan.
Mehmonxona 300 xonadan iborat, ulardan 38 tasi "lyuks" toifasiga mansub, 5 ta diplomatik xona va bitta prezident xonasi mavjud. Xonalar maydoni 35 metr kvadratdan 190 metr kvadratgaça bölib, mehmonxonaning içki bezagida asosan karamel va qaymoq rangli tuslardan foydalanilgan. Bezaklarda özbek rassomlari işlaridan foydalanilgan.


















