Rio-de-Janeyroda 2016 yilda ötadigan Olimpiya öyinlarida qatnaşuvçilar istiqomat qiluvçi qişloq oçildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qişloqqa 18 ming nafardan ziyod olimpiadaçi va parolimpiadaçi, rasmiy şaxs va valantyorlar ketadi. Majmuada 31 ta bino bölib, ularda 3600 turar-joy mavjud. Xonalarda musiqiy çolğular va videoöyinlar bor. Qişloq hududida sportçilarga kosmetolog va psixologlar xizmat körsatadi. Şuningdek, bu yerda diniy markazlar, suziş basseynlari va tennis kortlari mavjud.

“Sportçilar Öyinlarga tayyorgarlik körişlari bilan birga, bu yerda uçraşuvlar muhokamasi, ğalabalarni nişonlaş bilan şuğullanişlari, birga tuşlik qilişlari mumkin böladi”, - dedi Xalqaro olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Bax.