Rossiya terma jamoasi Yevropa çempionati doirasidagi ikkinçi uçraşuvni Slovakiyaga qarşi ötkazdi. Lill şahridagi "Per Morua" öyingohida keçgan bu bahsda ruslar 1:2 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Öyinning 32-daqiqasida Slovakiya hisobni oçdi. Hamşik maydon markazidan töp oşiriş orqali Vladimir Vayssni qulay vaziyatga çiqardi. Vayss jarima maydoniga kirib keldi va bir harakatda ikki himoyaçini aldab ötib, yaqin masofadan darvozani işğol qildi.
Bölimning sönggi daqiqasida esa Hamşik slovaklarning ustunligini oşirdi. U burçak zarbasidan yöllangan töpni jarima maydoni çiziğida qabul qilib olib, töpni kuçli zarba bilan darvozaning uzoq burçagiga yönaltirdi - 2:0.
80-daqiqada hisob qisqardi. Şatov çap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, töpni markazga oşirdi va Gluşakov hisobni qisqartirdi.
Rossiya – Slovakiya 1:2
Gollar: 0:1 – 32 Vayss, 0:2 – 45 Gamşik, 1:2 – 80 Gluşakov.
Rossiya – Akinfeyev, Berezutskiy, ŞÇennikov, Smolnikov, Ignaşeviç, Golovin (Mamayev, 46), Noyştedter (Gluşakov, 46), Şatov, Smolov, Dzyuba, Kokorin (Şirokov, 76).
Slovakiya – Kozaçik, Şkrtel, Guboçan, Pekarik, Dyuritsa, Duda (Nemets, 67), Kutska, Mak (Dyuriş, 80), Gamşik, Vayss (Şvento, 72), Peçovski.
Ogohlantiriş: Dyuritsa (46).
Batafsil MATNLI TRANSLYaTsIYaGA ÖTIŞ >>>






