“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği OK Live deb nomlangan, real vaqtda translyatsiya qiliş imkonini beradigan alohida xizmatni işga tuşirdi. Uni Google Play va AppStore’dan yuklab oliş mumkin. Uşbu xizmat Qozoğiston, Armaniston va Moldovada işga tuşgan. Keyinçalik OKdan köp foydalaniladigan Rossiya va boşqa hududlarda ham iş boşlaydi.
Foydalanuvçi OK Live xizmati yordamida ijtimoiy tarmoqdagi şaxsiy profillar va guruhlarga mobil telefon orqali translyatsiya qiliş imkoniga ega böladi. Xizmat şaxsiy videoplatforma bazasida işga tuşirilgan. Şu bois uni istalgan qurilmada: portalning veb va mobil versiyasidan, “Odnoklassniki”ning alohida ilovasi va Smart TV da işlatiş mumkin.
Jonli efir vaqtida tomoşabinlar xabar jönatişlari va OK Live ilovasiga hamda ijtimoiy tarmoqning öziga «Klass!» belgilaşlari mumkin.
« OK Live mobil ilovasi “Odnoklassniki”videoplatformasidagi mantiqiy rivojlanişdir. U ijtimoiy tarmoq bilan uzviy boğlangan bölib, foydalanuvçiga istalgan vaqt, istalgan joydan onlayn translyatsiya qiliş imkonini beradi», — dedi ijtimoiy tarmoqning «Video» loyihasi boşliği Marina Krasnova.
OK Live xizmatining yopiq sinovi 2016 yilning aprel oyida, ommaviy taqdimoti esa 2016 yilning may oyida bölib ötgan edi.






