Angliya terma jamoasi boş murabbiyi Roy Hojson Uelsga qarşi öyinga tayyorgarlik davomida intervyu berdi.

«Derbi muhiti – bu juda hayajonli. Angliyada, Buyuk Britaniyada, butun dunyoda bu öyinni intiqlik bilan kutişmoqda. Biz öz qardoşlarimizga qarşi öynaymiz. Bu esa olovga moy quygandek. Bu holatda qiziqiş ortadi.

Menimça, uelsliklar Kris Koulmen yölga qöygan uslubda öynaşadi. Biz ularning tarkibida va öyinida özgariş bölişini, syurpriz amalga oşirilişini kutmayapmiz.

Ular töpga egalik qilişga yoki töpni topşirib qöyişga asoslangan qandaydir alohida uslubda öynaydi, deb öylamayman. Biz ham ularga syurprizlar qilmoqçi emasmiz – uelsliklar barça futbolçilarimizni yaxşi bilişadi.

Matbuot orqali söz talaşiş boşqa, maydondagi öyin butunlay boşqa. Uelsliklarda bizdagi kabi bosim yöq. Axir ular birinçi öyinda ğalaba qozonişdi, ğalaba esa guruhdan 3 jamoa çiqişi mumkin bölgan vaziyatda pley-off yöllanmasini deyarli kafolatlaydi», – degan Hojson.

Eslatib ötamiz, bundan oldinroq Uels terma jamoasi Beyl naşrlardan biriga bergan intervyusida Angliya terma jamoasining bironta futbolçisi Uels terma jamoasidan örin ola olmasligi haqida gapirgandi.

Köp ötmasdan Angliya terma jamoasi hujumçisi Ueyn Runi unga javob qaytardi.

Manba: Tribuna.UZ