Vaşington universiteti tadqiqotçilari semiz kişilarning miyasi şirin mahsulotlardan rohatlaniş hissini kuçaytirib, soğlom kişilarnikiga nisbatan boşqaça işlaşini aniqlaşdi. Bunga moddalar almaşinuvidagi buzilişlar sabab bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Mazkur tadqiqot natijalari Diabetes jurnalida naşr qilingan.
Odamlar yoşi ötgan sayin şirinliklarni kamroq iste'mol qila boşlaşadi. Bundan taşqari miya sohasida dofamin retseptorlari kamayadi. Bu esa yoqimli his-tuyğular uçun javobgar mukofotlaş tizimiga katta ta'sir ötkazadi. Biroq olimlar semizlikdan aziyat çekuvçi kişilarda vaziyat boşqaça ekanligini aniqlaşdi.
Tadqiqotçilar 20 nafar soğlom vaznli kişilarni örganib çiqib, ularni tana massasi indeksi 30dan yuqori bölgan 24 nafar köngilli bilan taqqoslaşdi. Iştirokçilar şakar konsentratsiyasi turliça bölgan içimliklarni olişgan, şuningdek dofamin retseptorlari faolligini aniqlaş uçun pozitron emissiya tomografiyasidan ötişgan. Natijalar şuni körsatdiki, soğlom iştrokçilarda dofamin retseptorlari soni va şirinlik iste'moli özaro boğliq bölsa, semizlikdan aziyat çekuvçi kişilarda bunday boğliqlik kuzatilmagan.
Olimlar bu holatni semiz kişilarda insulinga rezistentlik bölişi mumkinligi hamda yoş, dofamin retseptorlari faolligi va şakarni xuş köriş örtasidagi boğliqlikka ta'sir körsatişi ehtimoli bölgan boşqa metabolik özgarişlar bilan izohlaşdi. Tadqiqotda qatnaşgan ortiqça vaznli iştirokçilar orasida diabetga çalinganlar bölmagan bölsa-da, ularning ba'zilarining qonida glyukoza va insulin yuqori konsentratsiyada ekanligi aniqlangan. Tadqiqotçilarning taxminiga köra, bu omillar miyadagi mukofotlaş tizimga qandaydir ta'sir körsatişi mumkin.







